Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod va xavfsiz mahallalar ko‘paymoqda

Nurafshon shahrida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda IIBB boshlig‘i Tohir Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, prokuratura, ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat vakillari, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdi. Tadbirda joriy yil boshidan buyon hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosining ahvoli, shuningdek, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etildi.  

Qayd etilganidek, viloyatda joriy yil boshidan ijtimoiy profilaktika ob’ekti hisoblangan 14 toifadagi  69 ming 928 nafar fuqaroda aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha “E-Ijtimoiy profilaktika” elektron tizimi orqali profilaktika inspektorlari tomonidan mahalladagi mas’ullarga xulosalar taqdim etilgan. Shundan 1,3 foiz xulosalar bajarilmagani alohida aytildi. Asosan, bu holatlar Angren shahar, Toshkent, O‘rta Chirchiq tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelayotgani ta’kidlandi.  

Bundan tashqari, ayrim yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilarining bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarning qoniqarsizligi tufayli ko‘p yoshlar xorijga ishlagani chiqib ketgan. Xususan, holatlar Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq va Chinoz tumanidagi ba’zi mahallalarda yuqori bo‘lgan. Shuningdek, mahallalarda faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘ygan holda ish samaradorligiga erishish zarurligi borasida ham so‘z yuritildi.  

Tashabbuskor fuqarolar biznes loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish evaziga joylarda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha issiqxonalar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyat yuritmoqda. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromadi oshayotganlar ham ko‘paymoqda.  

Yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.  

19.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалаларИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar