
Nurafshon shahrida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda IIBB boshlig‘i Tohir Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, prokuratura, ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat vakillari, shuningdek, boshqa tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdi. Tadbirda joriy yil boshidan buyon hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosining ahvoli, shuningdek, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etildi.
Qayd etilganidek, viloyatda joriy yil boshidan ijtimoiy profilaktika ob’ekti hisoblangan 14 toifadagi 69 ming 928 nafar fuqaroda aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha “E-Ijtimoiy profilaktika” elektron tizimi orqali profilaktika inspektorlari tomonidan mahalladagi mas’ullarga xulosalar taqdim etilgan. Shundan 1,3 foiz xulosalar bajarilmagani alohida aytildi. Asosan, bu holatlar Angren shahar, Toshkent, O‘rta Chirchiq tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelayotgani ta’kidlandi.
Bundan tashqari, ayrim yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilarining bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarning qoniqarsizligi tufayli ko‘p yoshlar xorijga ishlagani chiqib ketgan. Xususan, holatlar Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq va Chinoz tumanidagi ba’zi mahallalarda yuqori bo‘lgan. Shuningdek, mahallalarda faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘ygan holda ish samaradorligiga erishish zarurligi borasida ham so‘z yuritildi.
Tashabbuskor fuqarolar biznes loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish evaziga joylarda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha issiqxonalar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyat yuritmoqda. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromadi oshayotganlar ham ko‘paymoqda.
Yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлари | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |