
Qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish, bu borada Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish maqsadida Orolbo‘yida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari, sektorlar rahbarlari eng olis, chekka hududlarda bo‘lib, odamlar bilan muloqot olib boryapti.
Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Nukusdan uch yuz kilometr uzoqda joylashgan Ellikqal’a tumani “Chuqurqoq” ovuli aholisi bilan muloqotlarda avvalgi sayyor qabullardagi murojaatlar bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ham o‘rganildi.
Shu kuni aholi uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi, ularga qishki kiyim-boshlar, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Nukus shahridan yetmish kilometr olisdagi Qorao‘zak tumani “Qutli makon” mahallasida tashkil qilingan navbatdagi sayyor qabulda asosan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sog‘liqni saqlash, soliq imtiyozlari bo‘yicha qator murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida hal qilindi. Shuningdek, chekka-olis ovullarda uyma-uy yurilib, og‘ir sharoitdagi oilalar, bemorlar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.
Prezident Xalq qabulxonalari va sektorlar hamkorligidagi bu kabi amaliy ishlar, aholi bilan muloqotlar, sayyor qabullar Orolbo‘yining qolgan hududlarida ham tashkil qilinyapti.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |