
Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi ommaviy sayyor qabul Ishtixon tumanida o‘tkazildi.
Qabulda viloyat sudi, prokuraturasi, ichki ishlar, soliq va adliya boshqarmalari rahbarlari, Xalq qabulxonasi mas’ullari aholining sud-huquq va boshqa masalalarga oid murojaatlarini tingladi. Muammolarning aksariyati shu yerda mutasaddilar ishtirokida hal etilib, fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuncha berildi.
Jumladan, viloyat sudi raisi O.Hayitov va viloyat ma’muriy sudi raisi T. Fayziyev hamda sudyalar fuqarolarning jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqdilar.
Qabul davomida sud organlariga 12 ta murojaat tushdi va ularning qonunga muvofiq keladiganlari ijobiy hal qilindi, qolganlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi hamda tegishli tartibda arizalar olindi.
Sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun sud hukmi bilan jazosini o‘tayotgan 6 nafar fuqaro qilmishidan pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligini, bundan buyon sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishini bildirib, jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilishni so‘radi. Tadbir davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudining sayyor sud majlisi o‘tkazilib, murojaatlar ijobiy hal etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |