
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev barchani bayram bilan samimiy qutlab, Bosh qomusimiz xalqimiz farovonligining muhim huquqiy asosi ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiyamiz yaratib bergan imkoniyatlar asosida xalqimiz ertangi farovon hayot yo‘lida qator yutuqlarga, iqtisodiyotimizning barcha sohalarida ijobiy natijalarga erishayotgani aytib o‘tildi.
Qayd etilganidek, o‘tgan qisqa davr mobaynida faqat Qoraqalpog‘iston uchun 15 ta tarixiy farmon va qaror qabul qilingani xalqimizning farovon hayotini ta’minlashga va barcha sohalarni rivojlantirishga huquqiy zamin yaratmoqda.
Marosimda o‘z kasbiga sadoqati va ijodiy yutuqlari bilan namuna ko‘rsatgan qator zamondoshlarimiz, xalqimizga o‘rnak bo‘layotgan mahallalardagi ko‘cha boshilari (biylar) munosib taqdirlandi.
Shuningdek, yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlarni targ‘ib qilish va ezgu bunyodkorlik ishlarini aholiga yetkazishda hissa qo‘shayotgan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi xodimlarining bir guruhiga davlat mukofotlari, ko‘krak nishonlari, ish jarayonida zarur bo‘ladigan avtomobil va maxsus texnikalar topshirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |