Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hamjihat bo‘lib ishlasak, barcha maqsadlarga erishamiz

O‘tgan hafta ish boshlagan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev hududlarda bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, aholi turmush darajasi bilan tanishib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda.

Viloyat hokimi dam olish kunlari Samarqand shahrida amalga oshiriladigan yangi loyihalar bilan tanishib, Qorasuv massividagi mahallalarda aholi bilan suhbatlashgan bo‘lsa, hafta boshida Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida bo‘ldi.

A.Boboyev shaharning Qorasuv massivida mavjud muammolarni bartaraf etish, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi uchun barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Ushbu hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Shuningdek, yangi qurilayotgan maktab binosi ko‘zdan kechirilib, binoda energiya tejamkor qurilish materiallari va texnik jihozlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlari bilan tanishib, joylarda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarini faol qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari ochish zarurligini ta’kidladi.

– Hududlarni har tomonlama rivojlantirish, odamlar uchun qulay mehnat va turmush sharoiti yaratish yuzasidan har bir rahbar, mutasaddi oldiga aniq vazifa qo‘yilgan, – dedi A.Boboyev. – Agar hokimlar, sektor rahbarlari hamjihat bo‘lib, o‘z mas’uliyatini his qilgan holda zimmasidagi vazifalarni astoydil bajarishga harakat qilsa, albatta, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz, viloyatimizni yana ham obod qilamiz, odamlar turmush darajasini oshiramiz.

03.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалаларИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar