
Buxoro viloyati 4-sektori rahbari, davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida muammolarni joyida hal etish, kambag‘al oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda hududda ishsizlikni kamaytirish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda tuman xalq qabulxonasi, tuman ma’muriy sektorlari rahbarlari, mahalla mas’ullari, tegishli tashkilot vakillari qatnashdi.
Qabulda o‘ttizga yaqin shu yerlik fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi. Asosan moddiy yordam, dori-darmon, ichki yo‘llarni ta’mirlash, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq turli mazmundagi masalalar yuzasidan murojaatlar o‘rganildi va murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Xususan, hududda 5 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 6 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, yana nogironligi bo‘lgan ikki nafar fuqaroga nogironlik aravachasi va fuqarolarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, shu kuni mahallada xotin-qizlar hamda ishsiz aholiga kasb-hunar o‘rgatib, ular bandligini ta’minlash maqsadida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazining ochilishi ham bo‘ldi.
Tadbir ishtirokchilari markazda yaratilgan shart-sharoit, kasbga o‘rgatish xonalari bilan tanishdi. Endilikda bu markazda xotin-qizlar tikuvchilik bo‘yicha o‘qitilib, sertifikatga ega bo‘ladi. Bu sertifikatlar orqali ularning mahoratiga qarab doimiy ishga joylashtirib boriladi. Tikuvchilik hunarini puxta egallagan markazning dastlabki besh nafar bitiruvchi xotin-qiziga sertifikatlar topshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, qilinayotgan bu kabi ishlar aholining mushkulini oson qilish, kambag‘al oilalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz aholini ish bilan band qilishdan iboratdir.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |