Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Rahbar yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “G‘alaba” mahallasi yoshlari hamda Chinoz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda bilimga chanqoq yigit-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xususan, Yangiyo‘ldagi muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda Street Workout yo‘nalishidagi videolari bilan mashhur bo‘lgan yoshlar mazkur sport turini ommalashtirish borasida takliflar berdi. Ularga tizim mas’ullari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish yuzasidan imkoniyat yaratib beriladigan bo‘ldi. Mahallalarning pazandachilik bilan shug‘ullanayotgan qizlarini esa poytaxtimizdagi eng yirik qandolat fabrikalaridan biriga  sayohat uyushtirish va tajriba oshirish borasida kelishib olindi.

– Oilaviy sharoit sababli o‘g‘limni til o‘rganish to‘garagiga qatnashiga imkoniyatimiz yetmay turgan edi, – deydi Karomat Usmonova. – Murojaatim e’tiborga olindi. Bunga Alisher Sa’dullayev amaliy yordam beradigan bo‘ldi.

Suhbatda yoshlarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilish, kasbga yo‘naltirish bandligini ta’minlash kabi taklif va murojaatlari tinglandi.  

Chinoz tumanda faoliyat olib borayotgan “Biznes fabrika” o‘quv markazi direktori Laziz O‘tkirov o‘quv markazi yonida qurilgan qo‘shimcha binoda “Ustoz AI”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa” va “Uz Chess” kabi loyihalar doirasida kam ta’minlangan oila farzandlarini o‘qitish taklifini bildirdi. Uning ushbu murojaati nazoratga olinib, mazkur to‘garaklarni tashkil etishga amaliy yordam berish rejalashtirildi.

– Bugungi suhbatda tumanimiz maktablarida shaxmat to‘garaklarini tashkil qilishga hamda bolalar adabiyoti platforma loyihasini amalga tatbiq etish borasida aytgan taklifim inobatga olinganidan mamnun bo‘ldim, – deydi chinozlik Naima Anvarova. – Shuningdek, agentlik direktori har bir uchrashuvda mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon bo‘lgan saylovlarda yoshlar ishtiroki bo‘yicha bir qator tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Bundan juda xursandmiz.

Uchrashuv yakunida Alisher Sa’dullayev yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish yuzasidan  mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi hamda ijrosini  shaxsan o‘zi nazoratga olishini ta’kidladi.

18.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлариИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони13 Avgust 202424 Avgust 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar