
El dardiga darmon topish, muammolarni hal etish dolzarb vazifa. Shu nuqtai nazardan olganda, joylarda davlat idoralari tomonidan tashkil etib kelinayotgan sayyor qabullar aholining dolzarb masalalarini tez va sifatli hal etilishidagi samarali omildir.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori Ibrohim Mamajonov ham ayni maqsadda Yangi Namangan tumani Tinchlik mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Qayd etish lozimki, tadbir bo‘lib o‘tgan hudud to‘liq tabiiy gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Shu boisdan ham sayyor qabulda murojaatlar asosan tabiiy gaz bosimi haqida bo‘ldi. Har bir murojaat nazoratga olinib, muhim masalalarning aksariyatiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topildi.
Uchrashuvda ta’kidlab o‘tilganidek, mavsum davomida tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida gaz ta’minoti xodimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Tinchlik mahallasida ham mavjud gaz quvurlari tartibga keltirildi. Qabul davomida bu haqida iste’molchilarga alohida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish, energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish, ularning qulayligi haqida batafsil tushuntirildi. Xavfsizlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning muhim mexanizmlaridan sanalgan sayyor qabullar “gazchi”lar tomonidan Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida muntazam ravishda uyushtirib kelinmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома шартлари бажарилмаганлиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |