2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ellik yillik muammoga echim topildi

— Izboskan bilan Paxta­obod tumanlarini bog‘lab turuvchi Tentaksoy daryosining ko‘p­rigini sel yuvib ketga­niga 50 yil bo‘ldi, — deydi 72 yoshli Husanboy Orifjonov. — Sobiq ittifoq davrida murojaat qilmagan joyimiz qolmagan. Yana 25 yil idorama-idora yurganmiz. Umidimiz so‘nib bo­rayotganida Prezidentning Xalq qabulxonasiga murojaat qilgandik, holimizdan xabar oladiganlar topila qoldi.

Husanboy Orifjonov Izboskan tumanidagi Anorzor mahallasida yashaydi.

Ko‘prik qurilishi uchun 5 milliard 394 million so‘m mablag‘ ajratildi. Tez kunlarda ikki tumanni o‘zaro bog‘lab turuvchi ko‘prik ta’mirlanib, 50 yillik muammo bartaraf etiladi.

Tillaxon Ahmadjonova Asaka tumanining Xonaqa mahallasida yashaydi. U Xalq qabulxonasiga uy-joyga muhtojligini aytib, murojaat qilgandi. Homiylar ko‘magida qurib berilgan yangi uy Tillaxon uchun haqiqiy baxt oshyoniga aylandi. Shu tumanning Gumbaz, Qoraqiy mahallalarida yashovchi Lobarxon Mirzaeva, Jannatxon Ahmedovaning uyi ta’mirlanib, hamma sharoitlar yaratib berildi. Bu kabi quvonchga yana 20 nafar murojaatchi sherik bo‘ldi.

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Best tekstilь” to‘qimachilik korxonasining bir guruh ishchilari Xalq qabulxonasiga 2,5 oydan buyon oylik maosh olmayotganligini aytib, murojaat qilishgan edi. 250 nafar ishchining
80 million so‘mlik ish haqi undirib berildi.

Prezidentning Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasiga 2018 yil davomida bu kabi murojaatlardan 25 ming 528 ta kelib tushdi. Ularning 78 foizi qanoatlantirildi. Qolgan qismi hal etish uchun hududiy tashkilotlarga yuborilgan. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, bu masalaga ham panja orasidan qarovchilar yo‘q emas. Shu bois mutasaddi idoralarning 115 nafar vakiliga nisbatan chora ko‘rish maqsadida taklif va taqdimnomalar chiqarildi.Oqibatda 12 nafar mutasaddiga nisbatan ma’muriy, 103 nafariga esa intizomiy javobgarlik tayinlandi.

Xalq ichiga kirib borish, kamchiliklarni o‘rganish, ­muammoni bartaraf etish ­orqali fuqarolarning ishonchini qozonish maqsadida Xalq qabulxonasi tomonidan 1 539 marta sayyor qabul ­o‘tkazildi.

Saminjon HUSANOV

02.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar