
Aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish maqsadida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan Shofirkon_tumanidagi Alisher Navoiy mahallasi fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Fayziyev, tuman xalq qabulxonasi, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot vakillari qatnashdi. Uchrashuvda 15 ga yaqin murojaat tushdi va ularning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etildi.
Xususan, “Ayollar” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4 nafar ishsiz xotin-qizga tikuv mashinasi, 4 nafar yoshga doimiy ish bilan band bo‘lishi uchun ustachilik asbob-uskunalari, 1 nafar fuqaroga mato-kultivator hamda 1 nafar fuqaroga esa yuk ko‘taradigan mototsikl imtiyozli kredit asosida berildi.
– Yoshligimdan tikuvchilikka qiziqaman, – deydi Marjona Alloqulova. – Hunarni o‘rganib, uyda tikish uchun ishlarni boshladim. Ammo, tikuv mashinam yo‘qligi sabab muammolar bor edi. Sayyor qabulda menga sektor tomonidan tikuv mashinasi berildi. Endi bu mashina orqali buyurtmalarni qabul qilib, qishloqdoshlarimga ko‘mak beraman va oilam daromadiga yordamlashaman.
Olim Sharipov qo‘lida hunari bor. Ilgari migrant bo‘lib chet davlatda ishlab kelgan. Hozirda ishsiz. Sayyor qabulda u sektor ishchi guruhidan qurilishda kerak bo‘ladigan asbob-uskunalarni imtiyozli kredit asosida olib berishda yordam so‘radi. Sektor ishchi guruhi murojaatni shu yerning o‘zida hal etib unga asbob-uskunalar berildi.
Murojaatlarning ayrimlari qo‘shimcha o‘rganish talab etilganligi bois qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |