
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi J.R. ushbu tuman markazida joylashgan “TEXNO LIDER N” MCHJga tegishli savdo do‘konidan 10,8 million so‘mga “Biryussa” rusumli muzlatgich xarid qiladi.
Biroq xarid qilinganligiga 3 oy o‘tmasdan muzlatgichga joylashtirilgan mahsulotlar sifati buzilayotganligini sezgan iste’molchi ushbu muzlatgich bir maromda ishlamasligi va nosoz ekanligini bildirib, savdo do‘koniga murojaat qiladi. Muzlatgichni boshqasiga almashtirib berishlarini so‘raydi. Savdo do‘koni mas’ullari esa muzlatgichni tuzatib berishni va’da qiladi. Va’da esa va’daligicha qolib ketadi.
Natijada iste’molchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiladi.
Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur murojaat joyida borib o‘rganilib, muzlatgich ishlab chiqarish jarayonida nuqsonli bo‘lganligi aniqlanadi va iste’molchining talabi bo‘yicha muzlatgich boshqasiga almashtirib beriladi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli. Ya’ni tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish, tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish, tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish, shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash choralari ko‘rilishi zarur.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |