
Prezident Xalq qabulxonasining «Murojaatdan – daromadga» loyihasi asosida Chust tumanining G‘ova qishlog‘ida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz 80 dan ziyod oila doimiy daromadga ega bo‘ldi.
Shu jumladan, bu gal loyiha doirasida 15 nafar xotin-qizga bepul asosda tikuv mashinalari olib berildi. Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev yetakchiligidagi guruh tomonidan moddiy yordam masalasida qilingan murojaatlar tahlil qilinib, uning asosida ehtiyojmand ayollarga Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bahodir Yusupov boshchiligida tikuv mashinalari topshirildi.
Tadbir ishtirokchilariga «Murojaatdan – daromadga» loyihasining 5 bosqichi tushuntirib berildi.
Loyihaning dastlabki uch bosqichi moddiy yordam masalasida ko‘p murojaat qilgan fuqarolarning oilaviy ahvoli, chindan muhtoj yo muhtojmasligi, bu arizalarga qanday omillar sabab bo‘layotgani, kasb-hunarga layoqati, qaysi yo‘nalishda ishni eplab ketishi, daromad topa olishini o‘rganish hamda murojaatchini daromad topishga tayyorlash (kasb-hunarga o‘qitish, so‘ng ularga tikuv mashinasi olib berish)ni o‘z ichiga oladi.
Keyingi bosqichda tikuv mashinasi olgan ishsiz ayollar o‘z hududidagi lider tadbirkorlarga biriktirilib, shu sohada kuchli malaka, katta tajriba va o‘z bozoriga ega tadbirkorlar bilan kooperatsiya tashkil qilinadi. So‘nggi bosqich esa murojaatchilarni daromadga olib chiqish bo‘lib, Xalq qabulxonasi, sektorlar va «mahalla yettiligi» kooperatsiya faoliyatini va murojaatchining barqaror daromad topishini doimiy monitoring qilib boradi.
«Murojaatdan – daromadga» loyihasi doirasida G‘ova qishlog‘ida mehnat yarmarkasi ham tashkil qilinib, unda yana 72 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi. Shu tariqa loyiha asosida jami 87 nafar murojaatchining mehnat va bandlik bilan bog‘liq muammosi hal qilindi.
Bunga qo‘shimcha qishloq aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |