Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Chortoq tumanidagi o‘rganishlari davomida, 5-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga hamda saylov jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur maktab 420 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv binolarini tubdan yangilash, zamon talablari darajasida sharoit yaratishga zarurat tug‘ilgan. O‘rganish davomida ayni ushbu jihatga e’tibor qaratildi. Viloyat rahbari maktab kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritilishi va mukammal rekonstruksiya qilinishini bildirdi.
Chortoq tumanida joriy yil ijtimoiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturiga kiritilgan 8 ta ijtimoiy soha ob’ektining 3 tasi maktabgacha ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Jumladan, Laskidon mahallasidagi 30-maktabgacha ta’lim tashkiloti ham 2024 yil investitsiya dasturi asosida tubdan yangilanib, maskanda loyiha qiymati 4,2 milliard so‘m bo‘lgan 150 o‘rinli yangi bino qurilmoqda.
Viloyat rahbari ushbu ob’ektda bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Jarayonlarni tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shu yerning o‘zida aholi vakillari, nuroniylar bilan muloqot o‘tkazildi.
Ishchi guruhning Laskidon mahallasidagi o‘rganishlari davomida xonadonlar tomorqasidan foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.
Mahallaning deyarli har bir xonadonida tomorqadan samarali foydalanib, daromad olayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Omilkorlardan biri Birdamlik ko‘chasida yashovchi Mirzaolim Rahimov xonadonida tomorqadan foydalanish holati o‘rganildi. Jarayonda “Sayxunobod tajribasi” asosida o‘zini o‘zi band qilish orqali aholi daromadini oshirish masalasiga e’tibor qaratildi.
Ishchi guruhning keyingi manzil Langar ota ziyoratgohi bo‘ldi. Bu yerdagi ko‘hna tut daraxti Langar otaning yerga sanchgan hassasidan ko‘kargan deyishadi. Langar ota vafot etganlaridan so‘ng shu yerga dafn etilgani haqida ma’lumotlar bor.
Qadamjoni obod va ko‘rkam ziyorat turizmi ob’ektiga aylantirish maqsadida homiylik asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda.
Viloyat rahbari maskanda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Ишонч телефони | 24 Iyul 2024 | 10 Avgust 2024 | Sirdaryo viloyati |