
Jizzax viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Jizzax shahar hokimligi hamkorligida “Inson va oila manfaati – davlat va jamiyat himoyasida” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021 yil 18 iyundagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etildi.
Tadbir avvalida Jizzax shahridagi Nuroniylar maskanida joylashgan “Oila maktabi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur maktabda yoshlarning nikohlarini qonuniy qayd etishlaridan avval, oila atalmish mustahkam qo‘rg‘onning sir-asrorlari, er-xotin majburiyatlari, haq-huquqlari yuzasidan maxsus o‘quv darslar o‘tiladi. Yangidan nikoh tuzadigan yoshlar belgilangan dars soatlarida qatnashgandan so‘ng, maxsus sertifikatlar topshiriladi. Tadbir tashkilotchilari va jamoatchilik vakillari “Oila maktabi” ochilish marosimidan so‘ng yosh nikohlanuvchilarga shu yerning o‘zida maxsus sertifikatlar topshirdi.
Shundan so‘ng, mahallardagi oilalar vakillari, yoshlar va xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Tadbirning asosiy qismi Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida bo‘lib, unda shahar va tumanlar hokim o‘rinbosarlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, nizoli oilalar hamda ajrim yoqasiga kelib qolib, yarashtirilgan oilalar va Jizzax shahar “mahalla yettiligi” uchun ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, hududdagi oilalar bilan ishlash holatlari, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha to‘xtaldi.
Tadbirda, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan videoroliklar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |