
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida viloyat hokimi o‘rinbosari A. Abduhamidov, shahar hokimi A. Otaxo‘jayev hamda tadbirkorlarning ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Muloqotda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflar tinglandi.
Tadbirkorlar tomonidan asosan gaz ta’minoti, kadastr, soliq hamda kredit masalasidagi muammolar bildirildi. Murojaatlarni qonuniy yechimga keltirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv ishtirokchilari Diyor mahallasida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan ham tanishdi.
Dastlab, Mubosher Mamadaliyev rahbarlik qilayotgan poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ushbu korxonada 20 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan.
O‘rganishlar davomida “Akramjon Abdulhamidov” tikuvchilik korxonasi, kichik hajmdagi elektr shitlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi.
Tadbirkorlar bilan muloqotda korxonalar faoliyatini kengaytirish, yangi zamonaviy ko‘p qavatli binolar qurib, bu yerni tadbirkorlar markaziga aylantirish taklifi berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома шартлари бажарилмаганлиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |