Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlarning taklif va murojaatlariga yechim izlandi

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida viloyat hokimi Normat Tursunov yosh tadbirkorlar, xorijdan qaytgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv viloyatda yosh tadbirkorlar safini kengaytirish, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Unda viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari hamda mutasaddi rahbarlar yoshlar tomonidan qilingan murojaatlarni tinglab, shu yerning o‘zida ijobiy hal qilishga harakat qildi. 

200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etgan tadbirda 40 ga yaqin murojaat bo‘ldi. Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar olish, oliy ta’lim muassasasi shartnoma to‘lovi, ishsizlik kabi muammolar murojaatlarning asosini tashkil etdi. 

Uchrashuv davomida 12 ta murojaat joyida hal etilgan bo‘lsa, aksariyat murojaatlarning vaqt va muddat talab qilganligi bois, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijobiy hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

– Bugungi kunda uy sharoitida yoshlarga chet tilini o‘rgatib kelmoqdaman, – deydi Navbahor tumani Sovungar mahallasida yashovchi Marhabo Murtazoyeva. – Til o‘rganishga ishtiyoqi baland yoshlar safi kun sayin ortib bormoqda. Shu sababli faoliyatimni kengaytirib, o‘quv markazi ochmoqchi edim. Uchrashuvda maqsadimni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari haqida ma’lumot so‘radim. Viloyat hokimi menga 200 million so‘m kredit ajratilishini aytdi. Muammom joyida va o‘z vaqtida ijobiy hal etilganidan xursandman. 

Shuningdek, Navoiy shahrida yashovchi Marjona Saidovaga 100 million so‘m, Shohrux G‘aniyevga esa loyihasini amalga oshirish maqsadida o‘zi so‘ragan 3 million AQSH dollari, yana bir navbahorlik Sardor Xayrullayevga 200 million so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. 

Bundan tashqari, bir necha yoshlar o‘zlari yashayotgan hududdan tashlandiq yer-joylarni olishga yordam kerakligini aytdi. Ularga qonuniy tartibda ko‘mak berish Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullariga yuklatildi. 

Uchrashuvda xorijdan qaytgan yoshlarning har biri bilan alohida suhbat qilinib, mavjud muammo va takliflari tinglandi, shu joyning o‘zida birgalikda yechim izlandi. 

01.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar