
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida surxondaryolik tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Umarova, Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i B. Jumayev va viloyat hokimining o‘rinbosari Z. Xidirova ishtirok etdi.
Tadbirda vohada faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin tadbirkorning faoliyatini kengaytirish borasidagi taklif va tashabbuslari tinglanib, murojaatlarini hamkor tashkilotlar ko‘magida hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, tadbirkor xotin-qizlarning kredit ajratish, kredit muddatini uzaytirish, faoliyatini kengaytirish uchun turar-joy ajratish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini sotish uchun sharoit yaratish, subsidiya olish, xorijdan texnologiya olib kelish borasidagi 30 dan ortiq murojaati hamda 4 ta tizimli taklifi qabul qilindi. Muloqot davomida 10 nafar tadbirkorning muammosi joyida o‘z yechimini topdi.
Bu kabi ochiq muloqotlar ayollarning tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda sohaga doir tizimli muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadiga qaratilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Светофор, йўл белгилари, радарлар ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлини чизиш сўровлари | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |