
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yosh tadbirkorlar, yangi biznes loyihalar ustida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 71 nafar yosh tadbirkor va o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan yigit-qizlarning 100 ga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqildi. Yosh tadbirkor va ishbilarmonlar banklar tomonidan imtiyozli kredit, faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha yer maydoni va bino ajratish, infratuzilmani yaxshilash, binolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa bir qator muhim masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘radi. Bundan tashqari, sohalarni rivojlantirish, istiqbolli rejalarni amalga oshirishga doir bir qator taklif va fikrlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyati banklardan kredit olishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘lgani inobatga olinib, banklar faoliyati tahlil qilindi. Bugungi kunda ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlari, yuridik shaxslar tomonidan olingan kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmayotganligi banklarning aylanma mablag‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ochiqlandi. Bu borada tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, muammolarni hal etish bo‘yicha bank va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Muddat talab etadigan muammolar yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilandi. Qonuniy yechimga ega bo‘lmagan ba’zi masalalarga huquqiy maslahatlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |