
Toshkent shahar hokimligida “Xalq dardi bilan yashash, xalqqa xizmat qilish – eng asosiy vazifamiz!” shiori ostida o‘rganishlar tahlili va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat fuqarolik xizmatchilari o‘z vazifalariga shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirishi lozimligi ta’kidlandi. Murojaatlar bilan ishlashda har bir fuqaroga alohida yondashish, e’tiborsiz bo‘lmaslik, masalalar muddatini inobatga olgan holda kechikishiga yo‘l qo‘ymaslik va murojaatlarni ijobiy hal etishda sektor rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik samarali natija berishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan 2023-2024-yil birinchi chorak davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi va yo‘l qo‘yilayotgan mavjud kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim vazifalar muhokama qilindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |