Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullarda aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Mamlakatimizda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga barham berish yo‘nalishida kompleks chora- tadbirlar ishlab chiqilgan.

Xususan, Toshkent viloyat sudi tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar, sayyor uchrashuvlar o‘tkazish orqali fuqarolar murojaatlariga yechim topishda yangicha tizim asosida ish olib borilmoqda.

Angren va Ohangaron shaharlarida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabullarda ham hudud aholisining mavjud muammolari o‘rganildi. Sud raislari joylarda sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning bugungi holati, qaysi turdagi huquq buzarliklar ko‘proq sodir etilayotgani, ularning kelib chiqish sabablarini ham tahlil qilmoqda.  

Mazkur sayyor qabullarda jami 26 nafar fuqaro qabul qilindi. Murojaatlarning 20 tasi fuqarolik, 5 tasi jinoyat va 1 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga oid. Shundan 24 nafar fuqaroning og‘zaki va 2 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.  

Shu bilan birga, uchrashuvlar davomida sayyor sud majlislari ham o‘tkazilib, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda taqdimnoma(iltimosnoma)lar asosida 16 nafar mahkum o‘talmay qolgan ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishlari jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.  

Yana bir jihati, mazkur tadbir fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi, deyish mumkin. Boisi unda murojaatchilar mas’ullardan o‘zlarini qiziqtirgan sud-huquq sohasiga oid ko‘plab savollariga javoblar oldi.  

28.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar