2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ehtiyojmand ayollarga tikuv mashinasi berildi

Andijon viloyati Baliqchi tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarda yashayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish, ayniqsa, bandligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Tumandagi 66 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ming 100 nafar ayol “Ayollar daftari” ga kiritilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida ularning barchasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz 1 ming 319 nafar ayolning bandligi ta’minlandi. Bir guruh ayollarga dehqonchilik qilish uchun ijara asosida 10 sotixdan yer ajratib berildi.

Tumanda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 419 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank hududiy filiallari tomonidan kreditlar ajratildi. Ayni kunda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Tuman hokimi Jasurbek Abduraimov, sektor rahbarlari ishtirokida hokim yordamchilari tavsiyasi asosida subsidiya ajratilgan "Ayollar daftari" da turuvchi 39 nafar ayolga tikuv mashinalari topshirildi.  

– Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda,  – deydi tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mohichehra Hojimatova. – Tumanimizda ham bu boradagi ishlar izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda. Natijada ko‘plab opa-singillarimizning bandligi ta’minlanmoqda, ularning doimiy daromad manbai shakllantirilmoqda.  

Umuman tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ayniqsa, “Ayollar daftari”da turuvchi ehtiyojmand ayollarning doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha yuqoridagi kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda.  

24.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar