2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullarda tadbirkorlik yo‘nalishidagi masalalar joyida hal etildi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Qashqadaryo viloyatidagi ommaviy qabullari Koson tumanidagi Navbahor mahallasida bo‘lib o‘tdi.

 Unda Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh prokuratura, o‘ndan ziyod vazirliklar, qo‘mita va respublika tashkilotlari, viloyat sektorlari mas’ullari asosan Qarshi shahri, Koson, Muborak va Ko‘kdala tumanlaridan kelgan murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.Unda tadbirkorlik yo‘nalishidagi qator masalalar ham joyida hal qilindi.

Jumladan, kosonlik tadbirkor Alisher Omonov tashkil qilgan chorvachilik majmuasida ming bosh qo‘y-echki, 200 bosh qoramol parvarishlanib, aholiga arzon va sifatli go‘sht-sut yetkazib berilmoqda. Faoliyatini yanada kengaytirishni niyat qilgan tadbirkorga Markaziy bank mas’ullariga murojaatidan so‘ng 1 milliard so‘m kredit ajratishga qaror qilindi.    

Muboraklik tadbirkor G‘ayrat Aliqulov korxonasi faoliyatini kengaytirish maqsadida 60 ming dollar kredit olishda muammolarga duch kelgan edi. Murojaatdan so‘ng bu masala ham o‘rganilib, tadbirkorga qonun doirasida amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.   

Shuningdek, Koson tumani Nartichuqur mahallasida yashovchi G‘ayrat Bo‘riyevning 1994 yildan buyon tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan binosini kimdir soxta hujjatlar bilan rasmiylashtib, sotib yuborishga urinayotganiga oid shikoyatini Bosh prokuratura mas’ullari o‘z nazoratiga oldi. Ushbu masala qonuniy-batafsil o‘rganilib, adolatli hal qilinadigan bo‘ldi. 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ullari esa muboraklik  yosh tadbirkor Sardor Egamberdiyevning tumandagi Xitoy qishlog‘idan o‘tuvchi trassa bo‘yida avtobekat qurib, xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga oid loyihasini joyiga chiqib o‘rganib, qonuniy yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi.  

Kosonlik tashabbuskor tikuvchi Farida Sohibovaga esa tumanning Esaboy kishlog‘idagi tikuvchilik korxonasida xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatib, ularning bandligini ta’minlashi uchun mahalliy byudjet hisobidan 10 ta tikuv mashinasi olib berildi.  

23.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar