2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi Xalq qabulxonalari orqali rahbarlarga video-aloqa orqali murojaat yo‘llashi mumkin bo‘ladi

“Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Belgilanishicha:

  • 2023 yil 1 apreldan aholi mahalladan turib davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat uchun so‘rov yuborish va Xalq qabulxonalari orqali davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qilish;
  • 2024 yil 1 yanvardan viloyatlar markazlarida joylashgan mahallalardan turib;
  • 2025 yil 1 yanvardan tuman markazlarida joylashgan mahallalardan turib;
  • 2026 yil 1 yanvardan respublika barcha hududidagi mahallalardan turib davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat yo‘llash amaliyoti joriy qilinadi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi:

  • Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil noyabrga qadar mahalladan turib davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qilish amaliyotini joriy qilish maqsadida respublika barcha mahalla fuqarolar yig‘ini binolarini tashkiliy texnik ishlarga tayyor holatini o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun tahliliy ma’lumot tayyorlash;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minot” va “Hududgazta’minot” bilan birgalikda 2023 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich mahalla fuqarolar yig‘ini binolarini zaruriy kommunikatsiya tarmoqlariga ulash;

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2023 yil fevralga qadar:

  • mahalla fuqarolar yig‘inlarini barcha davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qilish uchun so‘rov yuborish imkoniyatini beruvchi zarur texnik vositalar bilan ta’minlash;
  • mahalla fuqarolar yig‘inlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmaga ega kamida bittadan xodim bilan to‘ldirish;
  • barcha davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qilish bo‘yicha so‘rov yuborish yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarni Yagona onlayn platformada ishlash bo‘yicha malakasini oshirish;
  • 2023 yil martga qadar bosqichma-bosqich mahalla fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar barcha davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qilish uchun so‘rov yuborish amaliyotini joriy qilish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.

Bunda, davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat yo‘llash jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mahallasidan turib yuborgan so‘roviga asosan hududlardagi Xalq qabulxonalari orqali amalga oshiriladi.

12.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar