2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tanzila Norboyeva: Xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash o‘n foizga ham bajarilmagan

Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 12 ming xotin-qizni uy-joy bilan ta’minlanishi kerak edi. Lekin 500 dan sal ortiq ayol uy-joy bilan ta’minlangan, xolos.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joylarni ta’mirlash ishlari bir foizga ham bajarilmagan; 

Yozning jazirama issiq kunlarida 30 yoshdan oshgan ayollar sayohatlarini tashkil etish vazifasi qo‘yilgan. Lekin bu ham amalda bajarilmagan; 

Prezident hujjatlar bajarilmasa, ularga ishonch qoladimi?; 

Joylardagi mas’ul tuzilmalar esa topshiriqlarni bajarish o‘rniga tadbirbozlik qilib yuribdi... 

Oliy Majlis Senatida «Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Majlisni kirish so‘zi bilan ochgan Senat raisi, mazkur komissiya raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatda tutgan o‘rnini yaxshilash, muammolarini hal qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. 

Senat raisi xotin-qizlar huquqlari himoyasi, ayniqsa ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari samarali faoliyat yuritayotganini alohida ta’kidladi. 

- Jurnalist va blogerlarga bu borada tashakkurimni aytmoqchiman, - dedi Senat raisi. – Zo‘ravonlikka duch kelayotgan ayollar, bolalar haqida ular ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda bong urib, mutasaddilarning shu masalaga e’tiborini tortayotgani tahsinga loyiq. Aynan shu jarayonlar qonunchilik faoliyatimizga mutlaqo boshqacha qarashga sabab bo‘ldi. Ayni paytda Senat qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi huzurida ishchi guruh tuzildi. Mazkur guruh tarkibida jurnalist va blogerlar ham bor, albatta.  Zo‘ravonlik holatlari uchraganda esa ishchi guruh tegishli qonuniy choralarni ko‘rmoqda. 

Hozirgi kunda xotin-qizlar bilan bog‘liq qonun hujjatlari, nizomlar inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga AQSH, Yevropa, va boshqa rivojlangan davlatlar qonunchiligi o‘rganib chiqildi. 

Senat raisi xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni yaxshilanishi uchun Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ayrim ishlar bajarilmayotganini tanqid qildi. 

“Olima ayollar” tuzilmasi hali tashkil etilmagan. Davlat boshqaruvi akademiyasida har yili kamida yuz nafar xotin-qizlar uchun alohida o‘quv kursi tashkil etilishi belgilangan bo‘lsa ham bu ham amalda hali bajarilmagan. Xotin-qizlar ro‘yxati hatto hali shakllantirilmagan.

- Xotin-qizlar bilan bevosita ish olib boruvchi quyi bo‘g‘inlar ishi qoniqarli emas. Qoralayman, quyi bo‘g‘inlar ishlarini, - dedi Tanzila Norboyeva. - Bu yil Prezidentimiz topshirig‘i asosida 12 ming xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida uy-joy bilan ta’minlanishi kerak edi. Lekin 500 dan sal ortiq ayol uy-joy bilan ta’minlangan, xolos. Bu boradagi reja o‘n foizga ham bajarilmagan. Prezident qabul qilgan hujjatning bajarilmasligini qanday baholash kerak? Hujjatlar bajarilmasa, ularga ishonch qoladimi? “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joylarni ta’mirlashga ko‘maklashish nazarda tutilgan. Bu esa bir foizga ham bajarilmagan. Joylardagi mas’ul tuzilmalar esa topshiriqlarni bajarish o‘rniga tadbirbozlik qilib yuribdi. Yozning jazirama issiq kunlarida 30 yoshdan oshgan ayollar sayohatlarini tashkil etish vazifasi ham qo‘yilgan. Lekin bu ham amalda bajarilmagan. 

Davlat tomonidan ayollarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar ko‘p. Majlisda bular amalda bajarilmayotgani tanqidiy ko‘rib chiqildi.

29.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar