2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryo viloyatida nechta bogʻcha bor?

Qarshida maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼul xodimlari, tegishli idoralar vakillari va jurnalistlar ishtirok etgan anjumanda soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimida katta islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Viloyatda joriy yil boshida 328 maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, hozirgi kunda bunday muassasalar soni 345 taga yetdi. Agar 223 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ham faoliyat yuritayotganini hisobga olsak, viloyatda jami bolalar bogʻchasi soni 568 tani tashkil etmoqda. Mazkur muassasalar xodimlari malakasini doimiy oshirib borish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilayotir.

Ayni paytda viloyatda davlat xususiy sherikiligi asosida jami 68 nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etishga kirishilgan. Bunda birinchi bosqichda “nol” qiymatda ajratilgan yer va binolar negizida 33 ta, yaʼni 43 milliard 840 million soʻmlik nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilmoqda. Ikkinchi bosqichda 35 nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish uchun jami 18 milliard 460 million soʻmlik sarmoya yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, viloyatda “Obod qishloq” dasturi doirasida 21 maktabgacha taʼlim muassasasida 45 milliard 372 million soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish nazarda tutilgan boʻlib, bugungi kunda ularning 12 tasi foydalanishga topshirish uchun tayyor.

“Obod mahalla” dasturi doirasida ham joriy yilda 3 maktabgacha taʼlim muassasasida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu loyihalar ham yil oxiriga qadar yakunlanadi.

Oʻlmas Barotov, OʻzA

18.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar