2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uzoq qishloq aholisi muammolari o‘tganildi

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Ayni maqsadda har bir tizim rahbarlari hududlarda sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA rahbariyati ham Jizzax viloyatining Forish tumanida aholining ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan fikri, e’tirozi va takliflarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borishdan maqsad, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.  

Sayyor qabulda Forish tumanida yashovchi fuqarolar ommaviy axborot vositalari, internet nashri, televideniye muammolari haqida fikr bildirdi. 

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, xususiy telekanallardagi imloviy xatolar yoki shevada so‘zlashuvlar ishlatilishini tartibga solish kerakligi yuzasidan takliflar bildirildi. O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etgan sayyor qabulda tuman gazetasida beriladigan materiallar mazmun-mohiyatini oshirish, yosh ijodkorlar tomonidan tayyorlangan tanqidiy-tahliliy materiallarni doimiy berib borish, tuman gazetasida yosh ijodkorlar ijodini targ‘ib etishga keng imkoniyat yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.  

Shu bilan birga, Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan, forishlik marhum yozuvchi Mamadali Mahmudov va boshqa forishlik ijodkorlarning hayot yo‘li va ijodini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.  

Ma’lumot uchun, «Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar», «Bo‘z bo‘ri», «O‘lmas qoyalar», «Tumanli kunlar» va «Oy nuri» kabi asarlar muallifi bo‘lgan marhum yozuvchi 2018 yil noyabr oyida Yozuvchilar uyushmasining a’zoligiga qabul qilingan edi.

Sayyor qabuldagi murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.  

21.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar