2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullarda muammolar o‘z yechimini topmoqda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yilishi, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlarning qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan ko‘proq muloqot qilish, ular bilan dildan suhbat qurish, joylarga chiqib muammolarini o‘rganish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Tuman va shaharlarda o‘tkazilayotgan «O‘zimiz keldik» aksiyasi doirasidagi sayyor uchrashuvlar bunga yorqin misoldir.

Xususan, davlat xizmatlari ko‘rsatilishini samarali tashkil etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari Bo‘ka tumanining «Navobod» va Piskent tumanining «Mitan» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Sayyor qabul davomida davlat xizmatlari va FHDYO sohasi bo‘yicha maslahat so‘ragan fuqarolar va murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Yangi xizmat turlari va xizmatlarni masofadan olish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida 50 nafarga yaqin fuqarolardan suv ta’minotiga ulanish uchun arizalar «Navobod» MFY binosining o‘zida sayyor tartibda qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi, tuman Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi va FXDYO bo‘limi xodimlari ishtirokida Quyi Chirchiq tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarga ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish bo‘yicha arizalar olinib, bu bo‘yicha huquqiy ma’lumot berildi.

Bekobod tumanining «Shova» mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda fuqarolar kadastr pasportini shakllantirish, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish kabi davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalandi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida tuman va shahar Davlat xizmatlari marazlari mutaxassislari tomonidan aholiga turli masalalarda huquqiy tushuntirish berildi. Aholiga 458 ta davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi. Soliq idoralari bilan hamkorlikda dehqon bozor va savdo komplekslarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida esa 65 ta ro‘yxatdan o‘tmagan tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Aholi kadastr pasportini shakllantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi davlat xizmatlaridan ko‘proq foydalandi.

O‘rta Chirchiq tumanining «Tinchlik», «Rovatak» mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan xalq bilan muloqotda aholi muammolari o‘rganildi. Unda muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, ba’zilari tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Mahallalar hududidagi shar’iy nikohda yashovchi oilalarga qonuniy nikohdan o‘tish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Agentlik xodimlari Yuqori Chirchiq tumanining «Tinchlik» mahalla binosi oldida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi. «O‘zimiz keldik» tadbirlari davomida 767 ta holatda FHDYO sohasiga oid muammolar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida 183 nafar fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qligi aniqlandi. Ularning 18 nafariga sayyor xizmat davomida guvohnomalar rasmiylashtirib berildi. Qolgan fuqarolarga ham tez orada hujjatlar tayyorlanib guvohnomalar topshiriladi. 216 ta shar’iy nikoh asosida yashayotgan oilalar aniqlangan bo‘lsa, 76 ta oiladan qonuniy nikohga kirishish to‘g‘risida arizalar qabul qilindi. Tadbir davomida oilaviy ajrimlarning oldini olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qibray, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq tumanlarida ajrim yoqasidagi oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Oilaviy nizolari hal etilishi natijada 79 ta ajrim bo‘yicha arizalar qaytarib olinib, oilalar yarashtirildi. Bu kabi o‘rganishlar yil davomida olib boriladi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolar bilan ko‘proq bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish, davlat xizmatlarini sayyor tartibda ko‘rsatish imkonini bermoqda. Inson manfaatlari va xalq dardi bilan yashash, odamlarni rozi qilib, ularning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish bugungi kunda bizning asosiy faoliyat mezonimizga aylanayotir.
 

17.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar