2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlarga qanday yechim topilmoqda?

Keyingi yillarda mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarini hal etish sohasida yangi davr boshlandi. Inson huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng maqbul yo‘li sifatida hayotimizga joriy etilgan mazkur mexanizm haqiqatdan ham qisqa fursat ichida o‘zining amaliy natijalarini bera boshladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamkorligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda murojaatlar bilan ishlash, vazirliklarning murojaatlarni hal etish borasidagi faoliyati muhokama etildi.

Tadbirda Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Xayrullo G‘afforov xalq bilan muloqot qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, parlament quyi palatasining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati, alohida bo‘lim tashkil etilgani to‘g‘risida to‘xtaldi.

Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova parlament quyi palatasiga kelib tushgan murojaatlar haqida to‘xtalar ekan, eng ko‘p murojaatlar Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

Ayni paytdagi murojaatlar avvalgilaridan farqli ravishda qonunchilikka takliflar ko‘pchilikni tashkil etishini qayd etdi.

Shuningdek, turli yo‘nalishlardagi 380 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra idora va tashkilotlarga yuborilgan. Ammo ularning 145 tasiga javob xati kelgan, xolos.

Tadbirda deputatlar 2021 yil yanvar-sentyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ijrosi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborotini eshitdi.

Vazir o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov so‘nggi yillarda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mazkur yo‘nalishda sifat jihatidan yangi va samarali tizimni yo‘lga qo‘yish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

— O‘tgan davr mobaynida Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasida qator ishlar amalga oshirildi, — dedi Bahodir Umrzoqov. — Birgina joriy yilning 9 oyida mehnat organlariga 306 ming 892 ta myrojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 139 ming 480 tasi qanoatlantirilgan, 143 ming 155 tasiga tushuntirish berilgan.

Shuningdek, Prezidentimizning virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarning 54 ming 600 tasi qanoatlantirilib, 19 ming 972 tasiga tushuntirish berilgan. Vazirlik markaziy apparatiga bevosita kelib tyshgan jami 21 ming 379 ta murojaatning 10 ming 987 tasi qanoatlantirilgan holda, 8ming 32 tasiga tushyntirish berilgan.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, murojaatlarning 14 ming 420 tasi ish bilan ta’minlash, 5 ming 930 tasi mehnat huquqi kafolatlariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishda kasallanganlik uchun tovon to‘lash, 589 tasi bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishga oid masalalarni tashkil etadi.

Yig‘ilishda deputatlar joriy yilning o‘tgan davrida vazirlik rahbariyati tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash borasida qanday ishlar amalga oshirilgani bilan qiziqdi.

Ta’kidlandiki, xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarni rozi qilish maqsadida shu yilning 9 oyida respyblikamizning ko‘plab hududlarida vazir va vazir o‘rinbosarlari rahbarligida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan ommaviy sayyor qabullar tashkil etilgan.

Qabullarda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, kasb-hynarga o‘qish, mehnat huquqi va mehnat muhofazasi, subsidiya ajratish va boshqa masalalarda murojaat bo‘lgan. Ularning 562 tasi ijobiy hal etilib, 374 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilgan.

Ammo vazirlik va uning hududiy tuzilmalari tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasida muayyan ishlar bajarilganiga qaramay, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 308 nafar mas’ul xodimga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 

Yig‘ilishda shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining ham ushbu davrda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash borasida qilingan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Vazir o‘rinbosari Nazirjon Nazirovning taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 4 ming 600 dan ortiq murojaatlarning aksariyat qismini ichimlik suvi va kommunal sohaga oid murojaatlar tashkil etadi. Shu bois, vazirlik tomonidan aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xalq vakillari aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, ko‘p qavatli uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining holati bilan qiziqdilar. 

Bu boradagi ishlarni viloyatlar va sohalar kesimida emas, mahallama-mahalla, uyma-uy amalga oshirish kerakligi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish choralarini ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Deputatlarning fikricha, bevosita muloqot, yuzma-yuz uchrashuvlarning ta’sir kuchi yanada ko‘proq bo‘lib, bunday jonli suhbatlar jarayonida qog‘ozlarga sig‘may qolgan tafsilotlar oydinlashadi, ko‘p yillik muammolarga yechim topish imkoniyati katta bo‘ladi.

Yig‘ilishda vazirliklarga fuqarolardan kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

28.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar