2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yozda chang, qishda loy yo‘llar endi ortda qoldi

Yurtimizda eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi keng ko‘lamda nishonlanmoqda.

Bu yilgi bayram ayniqsa, qiziltepaliklar uchun yodda qolarli bo‘ldi. Chunki tumanda ikkita mahalla fuqarolar yig‘ini – “Ayronchi” va “Gulbog‘” mahallalarida “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ma’lumki, hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish orqali aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirishda Prezidentimizning “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tumandagi “Ayronchi” mahallasi aholisi bir necha yillardan buyon tuman markaziga borishda yozda chang, qishda loy yo‘llardan yurishga majbur edi. Mahallada davlat dasturi doirasida ishlarning boshlab yuborilishi aholining bir qator ijtimoiy muammolari hal etilishiga sabab bo‘ldi. Dastur doirasida 18,3 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan, yangi mahalla binosi qurildi, 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, 220 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi o‘quvchilar uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

– Mahallamizda keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va qurilish ishlarining olib borilishi natijasida yanada ko‘rkamlik kasb etmoqda, – deydi MFY raisi Rizojon Xolov. – Hududimizda 7,1 kilomter uzunlikdagi yo‘llar asfaltlanib, 7 kilomter yo‘lga qum-shag‘al yotqizildi. Aholining toza ichimlik suvi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qonddirish, bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida 8,7 kilomter ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 21,1 kilomter elektr tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi va 3 ta yangi transformator o‘rnatildi. Shuningdek, 5,3 kilomter gaz quvur va 8 ta gaz taqsimlash punktlari ta’mirlandi. Ayni paytda esa 1 ta suv inshooti va 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Darvoqe, “Ayronchi” mahallasini yanada obod manzilga aylantirish maqsadida uy-joy ta’mirida, tom qismini yopishda qiynalayotgan 23 ta oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatildi. Qo‘ldoshbek Ostonovning xonadoni esa to‘liq yangidan qurib berildi.

“Gulbog‘” mahallasida dastur doirasida 24,2 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Bu yerda ham yangi mahalla binosi qurildi. 9,3 kilomter yo‘l asfaltlashtirilib, 20,8 kilomter ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 20 kilomter elektr tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilinib, 5 ta yangi transformator o‘rnatildi. 10 kilomter gaz quvurlari va 20 ta gaz taqsimlash punktlari ta’mirlandi.

– Davlat dasturi doirasida mahallamizda 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va “Olmazor” oilaviy poliklinikasi binosi kapital ta’mirlanib, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi 120 o‘rinli “Hur yurt yoshlari” maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi, – deydi mahalla raisi Baxtiyor Qobilov. – Hududimizda dastur bo‘yicha ishlar boshlangandan keyin tuzilgan ishchi guruhi a’zolari haftaning yakshanba kunlari mahallada aholi muammolarini o‘rganishdi. Natijada 27 ta oilaning uylarini ta’mirlashga ko‘maklashildi.

Obod mahallalarning ochilish marosimlari haqiqiy bayramga aylandi. Mahalla ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tantanalarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi alohida e’tirof etildi.

Tuman madaniyat uyi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tantanalarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

02.09.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar