Navoiy viloyati Navbahor tumani 2-sektor hududida tuman prokurori Ibrohim Bobomurodov ishtirokida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bilan “Sayyor uchrashuv” o‘tkazildi.
Sektor hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va iqtisodiy muammolari bor yoshlar 682 nafarni va ayollar 325 nafarni tashkil etib, ular “Sayyor uchrashuv” ga taklif etildi. Uchrashuv davomida jami 130 nafar fuqaroning murojaati joyida bartaraf etildi.
Jumladan, mehnat yarmarkasi davomida ta’minotchilar tomonidan jami 35 nafar, shundan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 12 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 23 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida 6 turdagi, ya’ni, tikuv mashinasi, payvandlash uskunasi, motokultivator, mototsikl, chorva mollari va asalari tarqatilib, fuqarolar bilan shartnomalar tuzildi va to‘plangan hujjatlar imtiyozli kredit mablag‘larini chiqarish uchun AT “Xalq banki” hamda ATB “Agrobank” tuman bo‘limi xodimlariga topshirildi.
Shuningdek, 75 nafar fuqaro, shundan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 25 nafar, ishsiz fuqarodan 20 nafari doimiy ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida 2-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafar yoshga subsidiya asosida issiqxona qurib berish bo‘yicha sertifikatlar topshirilgan bo‘lsa, 5 nafar yoshga, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizga ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.
Navbahor tuman TTB tomonidan sektor hududidagi tibbiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 10 nafar fuqaroga dori-darmonlar tarqatildi.
Tadbir davomida 2-sektor hududida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan “Prokuror va yoshlar” shiori ostida uchrashuv o‘tkazilib, 6 nafar yoshning murojaati nazoratga olindi.
Bundan tashqari, sektor hududidagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini, raqs guruhlarining chiqishlari, hunarmandlar tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, 2-sektor hududida yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida karate, milliy kurash, arqon tortish, shaxmat-shashka, mini futbol, badiiy gimnastika bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi va musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovirindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |