2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘yona ham porami yoxud ishdan bo‘shatilgan IIV xodimlari – ularning aybi shunchalik jiddiymidi?

Prezident Xalq qabulxonalari Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Qiziltepa, Navbahor va Karmana tumanlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullar ham adolatni qaror toptirishdek chin insonparvarlik amallariga boy bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi mas’ullari bilan avvalgi va bu galgi muloqotlardan so‘ng xizmatidan nohaq bo‘shatilgan, ayni paytda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi ixtiyorida bo‘lgan kapitan Azamat Bo‘riyevning bir yillik, safdor Jamshid Muhammadiyevning esa 8 yillik sarsongarchiliklari barham topdi.  

Ular cud qarorlari bilan oqlanib, ichki ishlar vazirining xulosasiga asosan maxsus unvoni bilan oradagi uzilish xizmat muddatiga qo‘shilgan holda ichki ishlar organlariga ishga tiklandi.

Xo‘sh, ular nima uchun xizmatdan bo‘shatilgan edi? Ayblari shunchalik jiddiymidi?  

Asli shofirkonlik kapitan Azamat Bo‘riyev Navoiy viloyatidagi ichki ishlar tizimida 13 yil xizmat qilgan. Viloyatdagi jazoni ijro etish koloniyalaridan biriga qarashli davlat unitar korxonasida mas’ul lavozimda ishlagan. Bir yil avval o‘tkazilgan xizmat tekshiruvidan so‘ng unitar korxonaga tegishli elektr quvvatini tarqatish qurilmasini ruxsatsiz koloniya hududidan olib chiqib, boshqa joyda saqlagani, o‘ziga nisbatan shubha-gumonlarni keltirib chiqargani uchun ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan.  

Uning aytishicha esa o‘sha qurilma koloniya boshlig‘ining ruxsati bilan koloniyaga katta quvvatli elektr energiyasi tarmog‘i tortish uchun olib chiqilgan, faqat qurilmaga ulanadigan elektr kabellari yetib kelishi kechikkani uchun vaqtincha tayinli joyda bus-butun saqlangan. Shu bois ham Navoiy maxsus prokuraturasi unga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi hujjatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, 2020 yil 23 iyulda Azamat Bo‘riyevning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi esa 2020 yil 24 sentyabrdagi hal qiluv qarorida uni ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilishi haqidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topib, ishga tiklash haqida qaror qabul qilgan.

Bu galgi muloqotlardan so‘ng Azamat Bo‘riyevning avvalgi lavozimida ayni paytda boshqa shaxs ishlayotgani uchun u o‘zining roziligi bilan hozircha Navoiy shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining katta inspektor navbatchisi lavozimiga tayinlandi. Kapitanlik rutbasi qaytarildi, oradagi bir yillik uzilish xizmat muddatiga qo‘shildi.

YANA BIR HOLAT...

2003-2012 yillarda ichki ishlar tizimida ishlagan safdor Jamshid Muhammadiyev tuman ichki ishlar bo‘limi haydovchisi bo‘lgan. Aytishicha, 2012 yili boshlig‘i to‘y qilayotganda do‘kondor do‘sti qanchadir guruch va yog‘ to‘yona qilgan. Bu to‘yonani esa u do‘kondan to‘yxonaga eltib bergan. Keyinchalik o‘sha to‘yona ham pora deb topilib, Jamshid Muhammadiyev jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 2013 yil 2 martdagi hukmiga ko‘ra, pora olish-berishda vositachilik qilishda ayblanib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Kamiga o‘rta ma’lumotli shu oddiy safdoru haydovchi 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilingan.

Jamshid Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qildi, ommaviy qabulga kelib, Oliy sud va Ichki ishlar vazirligi mutasaddilariga dardini aytdi. Murojaatlaridan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining 2020 yil 12 maydagi ajrimiga ko‘ra u oqlandi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi 2020 yil 18 noyabrda uni ishga tiklash bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qildi. Mana bugungi ommaviy qabulda safdor Jamshid Muhammadiyev Navoiy shahridagi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga haydovchi sifatida ishga qabul qilindi. Oradagi 8 yillik uzilish uning ham xizmat muddatiga qo‘shildi.

"ISHBILARMONLAR"

32 yoshli Eldor Roziqov 2020 yil kuzida konimexlik 30 yoshli Rustam Kirkbanov bilan Qozog‘istondan qo‘y olib kelmoqchi bo‘ladi. «Ishbilarmon»lar bojxona, transport va boshqa xarajatlardan qochib, noqonuniy yo‘lni tanlashadi. Shu sabab Rustam Kirkbanov Konimexning «Boymurod» ovuliga yaqin joydagi chegara chizig‘i sanalgan simlarning ostidan qo‘shni davlatga o‘tib, 143 bosh qo‘yni sotib olib, ularni o‘sha yoqdagi hamkorlari ko‘magida aylanma yo‘llar bilan yana Konimexga olib o‘tadi.  

«Xolmurod» ovulidagi otarga qo‘ylar haydab kelinganida esa, tabiiyki, qo‘lga olinadi. Qariyb 7 oy panjara ortida kechgan tergov-surishtiruv jarayonidan so‘ng kuni kecha Konimex tuman sudida ularning ishlari ko‘rib chiqildi.

Albatta, bu qilmish og‘ir jinoyat sirasiga kiradi. Biroq sudda insonparvarliklik va odillik prinsiplariga amal qilinib, ko‘p jihatlar inobatga olindi. Ya’ni ularning ikkisi ham aybiga to‘la iqroru qilmishiga ming pushaymon bo‘ldi, jinoyatni ochishga faol yordam berishdi, qolaversa, oilasida yagona boquvchi, voyaga yetmagan farzandlari bor, muqaddam jinoyat sodir qilmagan. Yoshlar ittifoqi Rustam Kirkbanovning kelgusida jinoyat sodir qilmasligi, jamiyatga naf keltirishiga kafil bo‘ldi, Eldor Roziqovning mahalladoshlari ham unga yengillik berishni iltimos qilib chiqishdi, ularning yaqinlari ommaviy qabulga kelib, suddan yengillik so‘radi.

Konimex sudida barcha omillar inobatga olinib, ularga hayotini o‘nglab olishi uchun juda katta imkoniyatu yengillik berildi: Rustam Kirkbanovga qariyb 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash, Eldor Roziqovga esa eng kam ish haqining 321 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanib, ular sud zalidan ozod qilindi.

Ommaviy qabuldagi murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi 12 nafar, Qiziltepa tuman sudi esa 11 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengilroq jazo turiga almashtirdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi, Qiziltepa va Karmana tuman sudlari tomonidan 5 nafar shaxsga oid jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi. Qabullar doirasida 11 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar esa murojaatlar asosida 66 ta aliment, 15 ta ish haqi, 16 ta moddiy-ma’naviy zarar, qarz va ta’minot undirish, 25 ta yuridik ahamiyatga ega faktlarni belgilashga oid arizalarni qanoatlantirdi.

Taraflar yarashganligi sababli aliment undirish haqidagi 10 ta sud buyrug‘i bekor qilindi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan 29 ta oila yarashtirilib, voyaga yetmagan 48 nafar farzandlar hayotiga darz ketishining oldi olindi.

Ommaviy qabulga aholi nafaqat arizayu shikoyat, balki o‘tgan galgi muloqotlar natijalaridan xursand bo‘lib, rahmat aytish uchun kelishdi. Deylik, shu yil martda Navoiy viloyatida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilingan ommaviy qabulda Sudyalar oliy kengashiga «Gidrogen enerji» chet el korxonasi vakillari o‘z mulkini – umumiy qiymati 3 million yevrodan ziyod vodorod ishlab chiqarish texnologik majmuasini noqonuniy egallashga urinish bo‘layotganidan shikoyat qilgan edi. Murojaatdan so‘ng Karmana tumanlararo iqtisodiy sudida bu ish ko‘rib chiqilib, tadbirkorning buzilgan huquqi tiklandi, sud qarori bilan texnologik majmua qonuniy egasiga qaytarildi. Shu bois ham korxonasi vakillari Sudyalar oliy kengashi va sud mutasaddilariga adolatni qaror toptirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Bosh prokuratura mas’ullaritergov-surishtiruv, sud qarorlari ijrosi, tadbirkorlik, kredit ajratish, doimiy ish bilan ta’minlash kabi masalalardagi186 ta murojaatning 67 tasiga joyida yechim topdi.

Uch kunlik qabullarda Oliy sud mas’ullari viloyat, tuman-shaharlar sudlari bilan birga 251 ta masalani ko‘rib chiqdi. Murojaatlarning qariyb 100 tasiga joyida yechim topildi. Murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon va Navoiy shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Xatirchi, Navbahor, Qiziltepa, Konimex va Karmana tuman sudlari tashkil qilgan sayyor sud majlislarida 65 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex va Karmana tuman sudlarida esa 6 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi.

01.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar