2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navoiy viloyat sudi raisi fuqarolar bilan onlayn qabul o‘tkazdi

Navoiy viloyat sudi raisi ishtirokida fuqarolarga qulaylik yaratish va ularning sarsongarchiligining oldini olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining “Onlayn qabuli” tashkil etildi.

Qabul avvalida Navoiy viloyat sudi raisi Hamidulla Qudratov Ramazon hayiti bayrami arafasida Prezidentimiz xalqimizga xos mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani va unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 100 nafar fuqaro afv etilganligini ta’kidladi.

Shuningdek, sud raisi sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, mazkur sohani keyingi bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 3 sentyabrda “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ta’minlanib, sud tizimida raqamlashtirish yanada kengaytirilganligi, xususan, fuqarolarimizga sud binosiga kelib yurmasdan, “onlayn” tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratilib, fuqarolar o‘z arizalarini ko‘rib chiqish jarayonini masofadan turib kuzatib borishi yuzasidan tushunchalar berdi.

Mazkur qabulda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan 44 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etdi.

– Qabul davomida murojaatlarining barchasi qanoatlantirilib, ijobiy hal qilindi, – deydi Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyeva. – Jumladan Karmana tumanida yashovchi 7 nafar, Konimex tumanida yashovchi 2 nafar, Navoiy shahridan murojaat qilgan 6 nafar shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan insonparvarlik tamoyillari asosida Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga ko‘ra, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Shuningdek, Qiziltepa tumanidagi 5-sonli JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan 27 nafar mahkumning iltimosnomasi ham atroflicha o‘rganib chiqilib qanoatlantirildi. Xususan, 5 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi, 21 nafar mahkumning saqlash sharoiti jazoni o‘tash vaqtidan o‘zgartirish yuzasidan taqdim etgan iltimosnomasi qanoanlantirildi, 1 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

14.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar