2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi murojaatlari adolatli hal etildi

Prezident Xalq qabulxonalari Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Toshloq, Qo‘shtepa, Rishton, O‘zbekiston tumanlarida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullarda viloyatning barcha hududidagi murojaatchilar qamrab olindi.

Har bir ariza va shikoyat hududlardagi mas’ul rahbarlar va murojaatchilar ishtirokida sinchiklab ko‘rib chiqildi. Qonuniy yechimi bor masalalar joyida hal qilib berildi.

Bir misol – dang‘aralik Muxtasarxon Hojimatovaga 2019 yili imtiyozli kredit asosida namunaviy loyihalar asosida kurilgan uy-joy ajratish belgilangan. Boshlang‘ich to‘lov uchun kreditning 10 foizi davlatimiz tomonidan to‘lab ham berilgan. Ammo qurilish ishlari cho‘zilib, uylarni foydalanishga topshirish ishlari kechikkan. 

Yaqinda unga bank kredit ajratar ekan, yangi tartibga ko‘ra boshlang‘ich to‘lov uchun yana qo‘shimcha 5 foiz mablag‘ to‘lashi kerakligi aytiladi. O‘rtada bank xodimlari bilan tushunmovchilik kelib chiqadi. Muxtasarxon Hojimatovaning ommaviy qabuldagi murojaatidan so‘ng bu masala hal qilindi, ularga ipoteka krediti boshlang‘ich to‘lov to‘langan davr – 2019 yilgi tartib bo‘yicha rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Bu murojaat asosida dang‘aralik yana 9 kishi, jami 10 nafar fuqaroning xuddi shu masaladagi muammosi hal qilib berildi.

Shu kabi muloqotlar natijasida yaqinda Quvasoy shahridagi kar-soqovlar maxsus maktab internatidan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Gulnoza Tugalboyeva va Muyassar Yormamatovaning huquqlari himoya qilinib, o‘z vazifasiga qayta tiklandi.

4 kunlik qabullarda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi mas’ullari 933 ta masalani ko‘rib chiqdi. Muloqotlar natijasida 7 nafar shaxs sud zalidan, 193 nafar shaxs jazoni o‘tash muddatidan oldin ozod qilindi.

Shuningdek, sayyor sud majlislarida 166 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar ham atroflicha ko‘rilib, ularning arizalari qanoatlantirildi. Bitta shikoyat bo‘yicha sud qarori ijrosi to‘xtatildi. Qo‘qonlik Matluba Isoqova 3 farzandning onasi. Boquvchisi yo‘q. “Temir daftar”ga kiritilgan. O‘g‘li Ne’matjon yaqinda tog‘asining avtomashinasini haydab ko‘chaga chiqadi va yo‘l harakati qoidalarini buzadi. Avtomobil jarima maydoniga olib kiriladi. 

Bu ayol ommaviy qabulda o‘g‘li xatosi uchun to‘g‘ri jazolanganini, biroq jarimani to‘lashga imkoni yo‘qligini aytib, mas’ullardan yengillik so‘radi. Viloyat sudi va Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari bu murojaat asosida ma’muriy ishni tezkor, ammo batafsil ko‘rib chiqdi. Onaning ijtimoiy ahvoli, o‘g‘lining pushaymonligi hisobga olinib, aybdorga yengillik berildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar ko‘rib chiqqan murojaatlar asosida aliment bo‘yicha 74 ta, ish haqi undirish yuzasidan 2 ta sud buyruqlari chiqarilib, ijroga qaratildi. Yuridik ahamiyatga ega faktlarni belgilashga oid 13 ta ariza qanoatlantirildi. Taraflar yarashganligi va da’vogar da’vosidan voz kechgani sababli umumiy mulkni bo‘lish, ta’minot undirish haqidagi ikkita ish yuritishdan tugatildi. Bitta iqtisodiy ish bo‘yicha taraflar yarashtirilib, kelishuv bitimi tasdiqlandi. Kelishmovchiliklar bois anchadan beri Hasanovlar oilasining ham tinchi buzilgan, oila ajrashish yoqasiga kelib qolgan edi. Ommaviy qabulga ajrashish niyatida kelgan bu oila bilan suhbatlashilgach, ular yarashtirildi.

4 kun ichida 183 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. Ya’ni 183 nafar murojaatchi o‘z arizasini Oliy sudga taqdim qilish uchun poytaxtga kelib-ketish o‘rniga shu yerning o‘zida Oliy sud mas’ullariga bevosita taqdim qilish, bu boradagi barcha savoliga javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi mas’ullari jazodan ozod qilish, surishtiruv va tergov, ichki ishlar organlariga ishga tiklanish, ishga kirish, fuqarolik, pasport-viza, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va boshqa masalalarga oid 264 ta murojaatni ko‘rib chiqdi. Ularning 112 tasi joyida hal qilindi. Xususan, 95 nafar shaxslarni muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod qilish bo‘yicha sudlarga taqdimnomalar kiritilib, ular jazodan ozod etildi.

Ommaviy qabullar davomida barcha soha mutasaddilarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 57 nafar murojaatchi ishga joylashtirildi, 25 kishiga imtiyozli kredit, 45 nafar

yoshlarga yer maydoni ajratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar xotin-qizga tikuv mashinkasi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, 4 ta oilaga uy-joyini ta’mirlashi uchun qurilish materiallari olib berildi Sog‘lig‘ini tiklash masalasida murojaat qilganlarning 12 nafariga bepul davolanish uchun yo‘llanma, 24 nafariga nogironlik aravachasi, ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari berildi.

Umumlashtirib aytganda, Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda 2 ming 188 nafar murojaatchining 2 ming 217 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 708 tasi joyida hal etildi, 538 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 971 ta masala bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.

30.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar