2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent viloyatidagi 654 ta mahalla obod bo‘ladi

«Obod qishloq» dasturi – amalda

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson hayoti mahalla, oila bilan uzviy bog‘liq. Shunday ekan mahalla obod, xonadonlar tinch, mahalladoshlar ahil-inoq bo‘lsa, turmush yanada fayzli va farovon bo‘ladi. Aslida xalqimizga xos milliy o‘zlikni ifodalovchi urf-odatlar, an’nalarni avaylab-asrashda mahallaning muhim o‘rni bor.

Keyingi yillarda Toshkent viloyatida ham mahalla tizimini yanada takomillashtirish, oilalarda ijtimoiy-sog‘lom muhitni yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilyapti. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil 2 apreldagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan dastlabki ishlar boshlab yuborildi.

Hozir viloyatda jami 1 ming 48 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ularning 654 tasida keng miqyosli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Joylardagi 133 ta mahalla aholining dolzarb muammolari yig‘ilib qolgan og‘ir hududlar toifasiga kiritildi. Jumladan, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturiga ulardan 44 tasi kiritildi. Buning uchun 237,2 milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Shu paytga qadar joylardagi ayrim mahallalarning idorasi yo‘q bo‘lib, ta’mirga muhtojlari ham bor edi. Shu holatlarni inobatga olib, bu boradagi kamchiliklar ham tizimli asosda bartaraf etilyapti. Birin ketin tuman-shaharlarda zamonaviy mahalla binolari foydalanishga topshirila boshlandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 2021-2022 yillarda Toshkent viloyatida 275 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish belgilangan.

Ayni vaqtga qadar viloyat bo‘yicha 28 ta, jumladan, Angren shahrida 2 ta, Bekobod shahrida 3 ta, Olmaliq shahrida 1 ta, Ohangaron shahrida 1 ta, Piskent, Chinoz, Bo‘ka tumanlarida 1 tadan, O‘rta Chirchiq va Zangiota tumanida 3 tadan, Qibray va Parkent tumanlarida 2 tadan, Yangiyo‘l tumanida 6 ta mahalla komplekslari qurib foydalanishga topshirildi.

O‘rta Chirchiq tumanida 20 ta mahalla binosi davlat ijtimoiy sherikchiligi asosida va 4 ta mahallaning yangi binosi mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Nurafshon shahri Toshkent viloyati ma’muriy markaziga aylangani tufayli O‘rta Chirchiq tuman markazini tashkil etish va ijro etuvchi hokimiyat organlari bo‘lim va tashkilotlarini ko‘chirish zaruriyati yuzaga kelgan edi.

«Uyg‘ur» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 18 gektar yer maydoni ajratilib, unda tuman markazini qurish loyihasi tasdiqlandi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida tumanning bo‘lajak markazida ijtimoiy soha ob’ektlari zamonaviy va milliy shaharsozlik rejasi asosida qayta qurildi. Hududda 2 ta 4 qavatli binoda tuman hokimligi, davlat xizmatlari markazi, «Yermulkkadastur» bo‘limi, Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim bo‘limlari, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, xotira maydoni, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, «Beshta muhim tashabbus» doirasida yangi zamonaviy binolar qurib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, mahallada ko‘p qavatli aholi xonadonlari bunyod etilyapti, 2 gektar maydonda istirohat bog‘lari yaqin kelajakda foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, «Gulobod», «Yangi hayot» va «Saidovul-Baxt» kabi MFYlarning idorasi ham yangi binoda ish boshladi.

Qibray tumani 3-sektor hududida joylashgan 2 ming 410 nafar aholi istiqomat qilib kelayotgan «Boyjigit» mahalla fuqarolari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan mahalla binosida kelgusida aholi vakillariga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Hududlarda 164 ta mahalla binosi qurilishi davom etmoqda. 2021 yilning birinchi choragida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Chirchiq shahri, Bekobod, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi 108 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari idorasi zarur mebel jamlanmalari bilan to‘liq ta’minlandi. Shuningdek, Olmaliq, Chirchiq, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray va Ohangaron kabi tumanlardagi jami 1 ming 384 ta mahalla idorasiga kompyuter jamlanmalari berildi. Uzoq hududlarda joylashgan 26 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari internet tarmog‘iga ulandi.

Aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish borasida ham ishlar qilinmoqda. Bu borada o‘z mehnati tufayli yuqori natijalarga erishayotgan oilalar tajribasi ommalashtirilyapti. Hozir tomorqachilikdan yaxshi daromad topayotganlar ko‘p. Bu borada O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi, «Tomorqa xizmati» MCHJ tomonidan tuman-shaharlarda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar, yetishtirilgan mahsulotni sotish bilan bog‘liq amaliy yordamlar ko‘rsatilyapti.

Barcha joylarda bo‘lgani kabi Piskent tumanida ham aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ochiq va yopiq maydonlarda mahsulot yetishtiruvchi oilalar bor. Hovlisidagi tokzorni plyonka bilan yopib, issiqxonadan yiliga 3-4 marta hosil yetishtirib, 100 million so‘mgacha daromad qilgan usta bog‘bon Rahimboy Majidov tajribasi barcha MFYlarda ommalashtirilyapti.

– Ishimni juda yaxshi ko‘raman, – deydi tajribali bog‘bon Rahimboy aka Majidov. – Har yili mavsumda yuqori hosil olishga harakat qilamiz. Yetishtirgan mahsulotlarimizni ichki bozorga yetkazamiz. Mehnatimiz ortidan kam bo‘lmadik, daromadimiz ham yuqori bo‘lyapti. Oilamiz totuv, farzandlarimizning bandligini ta’minladik.

Hozir Piskent tumanidagi «Temir daftar»dagi oilalarni tomorqachilikka jalb etish choralari ko‘rilyapti. Buning uchun bahor mavsumi boshida zarur mevali daraxt va sabzavot ko‘chatlari yetkazib berilyapti. Tumanda 17 ming 536 ta tomorqa mavjud bo‘lib, uning 1 ming 200 tasida issiqxona qurib foydalanilmoqda.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi doirasida viloyat aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbalarini yaratish, qishloqlar (mahallalar)ning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha joriy yilda rejalashtirilgan ishlar bor.

Dastlabki sa’y-harakatlar joylarda boshlab ham yuborilgan. Angren shahridagi «Taraqqiyot» MFY «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan bo‘lib, hududni kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Hududda elektr energiya ta’minotini yanada yaxshilashga e’tibor qaratilayapti. Xususan, mahalla hududida shu kunlarda obodonlashtirish va kommunikatsiya bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Angren ShETK tomonidan dasturga muvofiq, mazkur mahallaga jami 30 ta temir-beton tayanchini o‘rnatish belgilangan. Jarayon izchil davom etayapti.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining qaroriga ko‘ra, eng katta mahallalardan bo‘lgan «Zarbuloq» va» Olmaliqsoy» MFY ham joriy yil «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan. Shu bois, mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash choralari ko‘rilmoqda.

Bu mahallada bugungi kunda 828 ta xonadonda jami 3 ming 880 nafar aholi yashaydi. Mahalla ahlining aksariyati parrandachilik va chorvachilik hamda kunbay ishlaydi. Bu yerda birorta maktab, bog‘cha, dorixona, sport maydonchasi mavjud emas. Yo‘llar, ko‘cha yoritish chiroqlari tayanchlari ta’mirtalab ahvolda. Xonadonlarga internet tarmog‘i yetib kelmagan. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish esa moliyaviy ta’minotga bog‘liq. Shu bois, mahallani obodonlashtirishdan avval, ajratilgan mablag‘dan kelib chiqib, ishlab chiqilgan loyiha asosida ta’mirlanishi belgilab olindi.

Jumladan, 4-sektor hududida joylashgan «Zarbuloq» MFYning ichki yo‘llari asfaltlanib, chiroqlar o‘rnatilishi, hududga aloqa tarmog‘i tortib kelinishi rejalashtirilyapti. Bu yerda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga yordam berish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash ham belgilangan. Buning uchun mahallaga shahardagi barcha korxona-tashkilotlardan qo‘shimcha kuch va vositalar jalb qilinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi davomida mahallalarning ijtimoiy holati, aholining kayfiyatiga ham alohida e’tibor qaratgan edi. Viloyatda yangi turar joylar qurish, eski uylarni qayta ta’mirlash, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, elektr energiyasi, issiqlik, ichimlik suvi ta’minoti, shaharlarda kommunal xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar bergan edi.

Ta’kidlash joiz, Prezidentimizning qarori asosidagi sa’y-harakatlar hozir viloyatning barcha joylarida boshlangan. Maqsad aholiga qulaylik yaratish, «mahallabay» asosida ishni tashkil etish, shu orqali aholini qiynab kelayotgan ko‘plab muammo va kamchiliklarni hal etishdir.

23.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar