2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
«Qulay, zamonaviy, oson» — Olmazor tumanida yangi Davlat xizmatlari markazi ochildi

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi fuqarolar uchun qulay xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularga yengillik yaratish maqsadida Olmazor tumanida navbatdagi Davlat xizmatlari markazini ishga tushirdi.

Ushbu markaz ochilishida Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyev, Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov bevosita ishtirok etib, markaz faoliyatiga start beruvchi ramziy tugmani bosib berishdi.

Markaz nozik did bilan yondashilgan dizaynga, ichki intererga ega bo‘lib, har bir detal alohida e’tibor bilan bezatilgan va yosh mijozlardan tortib keksa fuqarolargacha birdek qulaylik yaratilgan.

- Bir vaqtning o‘zida murojaatchilarga 150dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratilgan ushbu markaz binosida elektron navbat, infokiosk, keng kutish maydoni, tibbiy xizmat ko‘rsatish, bolalar maydonchasi, kafe, kutubxona, mustaqil ravishda elektron xizmatlardan foydalanish uchun alohida burchaklar mavjud, - deydi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abdullayev. - Bino davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida bunyod etilgan. Davlat xizmatlari agentligi xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va fuqarolar uchun imkon qadar soddalashtirish ustida doimiy ravishda izlanib, bu boradagi ishlarini davom ettirmoqda.

Markazda elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma mavjud bo‘lib, uning yordamida xizmat oluvchilar xizmat ko‘rsatish jarayoni va xizmat ko‘rsatgan xodimni baholashi mumkin bo‘ladi.

Bu DXA uchun fuqarolar bilan qayta aloqaning muhim usullaridan biri bo‘lsa, fuqarolar uchun esa xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shishga ega bo‘lish imkonidir.

Tashrif buyuruvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun sinov tariqasida NFC maxsus qurilmasi ishga tushirildi. Uning yordamida ID kartalardagi fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari aniqlanadi va davlat xizmatlarini ko‘rsatish axborot tizimida ariza qatorlari avtomat tarzda to‘ldirish amalga oshiriladi.

Bir joyning o‘zida turli masalalar yechimini topishga ko‘maklashish, fuqarolarning idorama-idora ovoragarchiliklarini oldini olish maqsadida binoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi, «Madad» NNT, notarius xonasi joylashgan.

15.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar