2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryoda “Sayyor qabul”lar ijobiy samaralarini bermoqda

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Prezident Xalq qabulxonasida tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Sayyor qabul” tashkil etildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash va ayniqsa, ishlashning “mahallabay” olib borilishi, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda “sayyor qabul”larning ahamiyati katta bo‘lib, bu amaliyot jamiyatimizda o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda.

Tumanda o‘tkazilgan “Sayyor qabul” davomida 13 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Shundan, 4 ta murojaat joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 ta murojaat majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ish yurituviga olindi va 7 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

– Ushbu qabulda anchadan buyon turmush o‘rtog‘im tomonidan to‘lanmayotgan aliment to‘lovini undirib berilishini so‘rab murojaat qilgan edim, – deydi tumandagi Haydar mahallasida istiqomat qiluvchi M.Turdiyeva. – Bir necha oydan buyon sarson bo‘lib hal bo‘lmay turgan muammo bir necha soat davomida hal bo‘ldi, qo‘ydi. Shu kuni kechga yaqin majburiy ijro byurosi xodimi uyimga kelib, alimentdan bo‘lgan qoldiq qarzdorlik – 8 million 300 ming so‘m mablag‘ undirlganini va sanab olishimni aytdi.

Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon Mirzakarimovning tashabbusi bilan “Sayyor qabul” tarzida ishlashning “mahallabay” tizimi tumandagi Bog‘iston MFYga uyma-uy yurgan holda davom ettirildi.

Shu kuni mahallaning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolari holidan xabar olinib, muammolari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yozib olinib, “yo‘l xaritasi”ga kiritildi. Mutasaddi tashkilotlarga ushbu murojaatlar bo‘yicha topshiriqlar yuklatilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Bundan tashqari, mahalladagi ehtiyojmand, oilasida nogionligi bo‘lgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida shu kabi sayyor qabullar viloyatning Sirdaryo, Sayxunobod, Oqoltin tumanlari, Shirin, Guliston shaharlarida ham o‘tkazildi.

O‘tkazilayotgan ushbu qabullardan kelib chiqib, aholi muammolarini o‘rganish, ochiq muloqot orqali fuqarolarni eshitish va ularning qalbiga kirib borish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Muxtasar aytganda, hech bir murojaat shunchaki qog‘ozlarda qolib ketmayapti. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

09.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar