2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryodagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ko‘tarilgan murojaatlar o‘z yechimini topdi

Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi va Prezidentmiz rahbarligida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o‘tkazilgan videoselektorda yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat dasturi va Yurtboshimizning videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov, respublika O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Sherzod Usmonov, “O‘zagro eksport bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi Navro‘zjon Alimov, mutasaddi tashkilot, muassasa va idoralarning rahbarlari, faol yoshlar, ommaviy axborot vostalarining vakillari ishtirok etdi.  

Sirdaryo viloyatida ham “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yigit-qizlarning  oldida  turgan  muammo va kamchiliklar, ularga yechim topish, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga  oshirilmoqda.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarni hal etishga e’tibor qaratildi.

Tadbirda ko‘plab yoshlar uchrashuvga kelgan rahbarlarga ochiq-oydin o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qildi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ish bilan ta’minlash, qishloqlarda yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha qilgan murojaat, taklif va  talablari shu yerning o‘zida  mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘rganilib, masalalarga ijobiy yechim topildi.

Ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida har bir tuman va shaharda tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslariga yo‘naltirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab olindi.  

– bugungi uchrashuvga kelib xato qilmaganimni to‘la anglab yetdim, – deydi Shirin shahrida yashovchi Shohrux Anorqulov. – Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishim uchun kredit ololmay qiynalayotgandim. Bu masalada menga rahbarlar, xususan, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov yordam qo‘lini cho‘zdi. Hokim o‘rinbosarining topshirig‘i bilan “Xalq banki” viloyat filiali menga zarur imtiyozli kredit mablag‘i ajratadigan bo‘ldi. Kredit mablag‘i hal bo‘lishi bilan tadbirkorlik faoliyatimni boshlayman.  

Tadbirda yoshlar murojaatlarining asosiy qismi shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi.

Ijrosini ta’minlash uchun vaqt va mablag‘ talab qilinadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

31.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar