2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi mahalla aholisi bilan uchrashdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Asaka tumanidagi Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi, ularning muammo va tashvishlarini eshitdi.

Ulug‘bek mahallasi Asaka tumanidagi eng katta va aholi gavjum yashaydigan mahallalardan biri hisoblanadi. Ayni kunda mahalladagi 1 ming 700 ga yaqin oila tarkabida 5 ming 200 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda o‘ndan ziyod ko‘cha mavjud. Buyum bozori, 52- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflar o‘qiydigan filiali, qator korxona va tashkilotlar, o‘nlab tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatadi. 

Mahallamizda oilalarni mustahkamlash, mahalladagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘anijon Nazarov. – Ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimi qator muammolardan aziyat chekayotgan, umuman, turli masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan yuz-yuz muloqotda ularning moddiy yordam, tibbiy muolaja olish, nogironlik nafaqasiga chiqish, ishga joylashish kabi qator masallalar yuzasidan qilgan murojaatlarini  shu yerning o‘zida hal etdi. 

Uchrashuv davomida qilingan murojaatlar bo‘yicha mahalladagi 54 ta oilaga 8 tonna ko‘mir, 30 ta oilaga gaz balloni, 48 nafar ayolga moddiy yordam sifatida 30 million so‘m pul, 2 nafar onaxonga bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 5 nafar kishi ishga joylashtirildi, hududdagi “Navruz” dahasiga yangi transformator o‘rnatilib, 5 ta ko‘chani shag‘allash, qator ko‘chalarda ichimlik suvi tarmog‘ini sozlash ishlari boshlandi. 

- Xastalik tufayli farzandim doimiy ravishda davolanadi, - deydi mazkur mahallada yashovchi Gulnoraxon Tojimatova. – Uni nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun juda ko‘p idoralarga borib sarson bo‘ldim, lekin masala hal bo‘lmadi. Viloyat hokimi bilan muloqotda menga ushbu masalasida yordam berishini so‘radim. Ming rahmat, meni ancha vaqtdan buyon qiynab kelayotgan ushbu muammo ijobiy hal bo‘ldi.

Asosiy maqsadimiz, Prezidentimiz oldimizga qo‘yayotgan eng birinchi vazifa - odamlarning hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash, ularning og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish,  - deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov.  – Qolaversa, bu kabi muloqotlar bizgacha yetib kelmayotgan muammolardan xabardor bo‘lishga imkon beradi, odamlarning davlatga, ertangi kunga umid va ishonchini mustahkamlaydi. 

Muloqotda mahalla uchun guzar qurish hamda ma’lum muddat talab etajigan bir qator masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

10.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar