2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi uyma-uy yurib, aholining tomorqadan foydalanish va qishga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov Yangi yilning ilk kunlaridagi faoliyatini xalq bilan muloqot qilishdan boshladi.

Viloyat rahbari tegishli tashkilotlar va sektorlar mutasaddilari hamrohligida Uychi tumanidagi Ovchibuloq mahallasiga bordi.

Aytish kerakki, 668 xonadonda 4 ming 500dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Ovchibuloqda odamlar asosan dehqonchilik, hunarmandlik, tadbirkorlik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelishadi.

— Kichik sanoat zonasi joylashadigan Ovchibuloq - eng obod mahallaga aylanishi kerak, — dedi hudud bilan tanishgan Shavkat Abdurazzoqov. — Uch oylik dastur tayyorlanib, mahalla infratuzilmasi yaxshilanishi, hududda joylashgan maktab, shifoxonada zarur shart-sharoitlarni hozirla, bolalar bog‘chasi, mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy bino qurilishi, yo‘l, suv, elektr masalalaridagi muammolar yechilishi, tungi yoritish chiroqlari bo‘lishi kerak. Kichik sanoat zonasida yaratiladigan ish o‘rinlariga eng avvalo, mahalliy aholi qabul qilinishi, buning uchun hozirdan aniq buyurtmalar shakllantirilishi lozim.

Viloyat rahbari uyma-uy yurib, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish, qishki mavsumga tayyorgarlik bilan qiziqdi. Odamlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab,  Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholi farovonligi va roziligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganligiga e’tibor qaratdi.

“Ko‘rkam” ko‘chasida yashovchi Avazxon Jabborov, Alisher Qodiraliyev,  Obidjon Nuriddinovlarga tomorqadan unumli foydalanish yuzasidan foydali tavsiyalarini berdi.  

O‘rganish natijasi o‘laroq yoqilg‘iga ehtiyoji mavjud mehnat faxriysi Manzura Ubaydullayevaning xonadoniga ko‘mir yetkazib beriladigan bo‘ldi.

Churtuk mahallasida istiqomat qilayotgan Dilorom Obidova savdo yo‘nalishidagi faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish masalasida murojaat qildi. Mehnat faxriysi Haydarjon Sodiqovning svetafor o‘rnatish, qabristonlarni obodonlashtirish, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi masalalardagi murojaati bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.  

O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

02.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar