Zafarobod tumanida zamonaviy davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi.
Tuman DXM binosi Davlat xizmatlari agentligi, mahalliy byudjet hamda homiylik mablag‘lari hisobiga qurildi. Zamonaviy arxitektura va me’moriy dizaynga asoslangan zamonaviy inshoot “OSIYO SHK” xususiy korxonasi jamoasi tomonidan shartnomada belgilangan muddatda qurib bitkazildi.
Yangi binoda aholi tadbirkorlar, markaz xodimlari uchun barcha qulayliklar mavjud. Markazga kiraverishda tashrif buyuruvchilarni muassasa xodimlari kutib olib, tegishli tartibda elektron navbat asosida xizmat oynasiga yo‘naltiradi. Fuqarolarga huquqiy tushuntirish ham berish aynan shu yerdan boshlanadi. Monitorlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar, davlat xizmatlari olish tartiblari to‘g‘risidagi roliklar namoyish etiladi.
Markazda tuman adliya FHDYO bo‘limlari, notarius idorasi, kutish zali, bolalar maydonchasi, kutubxona aholiga xizmat qilayotir. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi, E-auksion xonasi shu binoda joylashgani odamlarga qulaylik tug‘dirmoqda.
Tuman davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 2020 yilning o‘tgan o‘n bir oyi davomida 9 ming 415 ta xizmat ko‘rsatildi. Yangi binoda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshib, bu ko‘rsatkichlar soni ikki barobarga oshishi ko‘zda tutilgan.
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng yig‘ilganlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Hozirgacha viloyatdagi 13 ta davlat xizmatlari markazidan 10 tasi yangi binoga ega bo‘ldi. Yana uchta tumanda qurilayotgan DXM yangi binolari bitish arafasida.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |