2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish doimo nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya asosida ish olib borilmoqda.

Eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillar bartaraf etilib, vakolatli davlat idoralari va tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga xizmat ko‘rsatish soddalashtirildi.  

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida viloyat prokuraturasi, adliya, soliq, qurilish, sog‘liqni saqlash, bandlik, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, muhandislik kommunikatsiya va kadastr idoralari hamda boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunbuzilishi, ularning kelib chiqish sabablari va bunday ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi.  

Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan seminarda vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qonunbuzilish holatlarining kelib chiqishi, ularning sabablari, sohada yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilar tomonidan ish jarayonini tezlatishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, joylarda davlat xizmatlari ko‘rsatishning vaqtida bajarilmasligiga xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashmasligi, moddiy-texnik bazaning eskirganligi, kadrlar qo‘nimsizligi, malakasizligi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ul xodim o‘z nomiga olgan elektron raqamli imzo bilan emas balki, sobiq ishlagan yoki boshqa vazifa bajaruvchi xodimning nomiga olingan elektron raqamli imzo yordamida amalga oshirish holatlari ham kuzatilganligi qayd etildi.  

Toshkent viloyati boshqarmasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda ayrim qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlanib, ular yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.

Xususan, joriy yilning 15 dekabr holatiga ko‘ra vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 12 ming 455 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bularning 11 ming 853 tasida   bajarilish muddati buzilgan bo‘lsa,  188 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. Shuningdek, 48 ta holatda ortiqcha hujjatlar talab etilgan, 65 holatda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi bois mas’ul shaxslarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilgan.  

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari  yuzasidan vakolatli idoralarga 120 ta ogohnoma, 37 ta taqdimnoma kiritilishi natijasida 70 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 290 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, seminarda tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish sohasida davlat xizmati ko‘rsatilishida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi 704-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga rioya qilinmaganligi, qonunbuzilish holatlari kuzatilayotganligi ta’kidlanib, mas’ul xodimlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirildi.  

Seminarda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan bu boradagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi, davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yo‘l qo‘yilgan har bir qonunbuzilishiga sabab bo‘lgan holatlar batafsil o‘rganilishi va aybdor shaxslarga nisbatan keskin huquqiy ta’sir choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, har bir idora rahbarlari va ularning mas’ul mutaxassislarini o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishi borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi. Vakolatli davlat idoralari va boshqa tashkilotlar hamkorlikni davom ettirishga va bunday seminarlarni muntazam o‘tkazib turishga kelishib olindi.

18.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar