Qashqadaryoda jamoatchilik nazorati amaliyoti izchil yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Shahrisabz tumanida aholining kundalik muammolari, ta’lim muassasalaridagi sharoit va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.
Navoiy viloyatida ham murojaatlarni o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim o‘rin tutyapti.
Buxoro viloyati Kogon tumani Bahouddin Naqshband mahallasida yashovchi uy bekasi Zilola Tillayeva 4 nafar farzandning onasi. Katta farzandi Sultonjon bolalikdan nogiron. U 14 yoshga kirganiga qaramay, ta’limga jalb qilinmagan edi.
Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Qumbosdi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi yillar davomida toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar qarshisida yashadi. Mazkur masala ”Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahrining chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Bestobe”, Ellikqal’a tumanining “Chuqurqoq” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan uchrashib, ularning murojaat va muammolarini o‘rgandi.
Davlatimiz rahbarining yaqinda Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Samarqand tumanidagi “Build Your World” korxonasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyatida aholini kuz-qish mavsumida elektr, gaz va isitish resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror ishlatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahrida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |