Qoraqalpog‘istonda mahalliy kengash deputatlari ayni kunlarda hududlarda bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashish barobarida tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i To‘xta Qurbonov Qiziriq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda aholi duch kelayotgan muammolar tinglanib, ularni hal etishga yechim izlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi K. Tarixov Amudaryo va To‘rtko‘l tumanlari fuqarolari uchun onlayn qabul tashkil etdi. Unda aholining sud-huquq masalalariga oid turli murojaatlari tinglandi va ularga huquqiy hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tadbirkorlar bilan bevosita muloqot olib borish, ularning bojxona sohasidagi muammolarini eshitish va joyida hal etishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda viloyati soliq boshqarmasi tomonidan hududlarda kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida joylarda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Romitan tumanida ana shunday navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi tomonidan Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi” da O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limining mas’ullari ishtirokida ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Ko‘rg‘ontepa tumanidagi Chorvador mahallasida bo‘lib, mavjud muammolarni o‘rgandi, aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
Angren shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i S.Xidirov va bir qator mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabuldi hududdagi Kimyogar va Bobotog‘ mahallalari aholisining muammolari tinglandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |